“YURIDIK TA’LIMDA AMALIY TAJRIBA — ADOLATLI JAMIYAT POYDEVORI.”

“YURIDIK TA’LIMDA AMALIY TAJRIBA — ADOLATLI JAMIYAT POYDEVORI.”

MANSUR IBRAGIMOV

2026-yil sentyabrdan Respublikadagi huquq fakultetlarining milliy reytingni aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil

26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmonida belgilandi.

Farmonda quyidagilar yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilandi:

- yuridik ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyilini joriy etish;

- yuridik ta’lim tizimida ta’lim-tadqiqot-amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, boshqaruvda akademik-kollegial yondashuvlarni yanada kengaytirish;

- yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;

- Toshkent dalat yuridik universitetini 2030 yilga qadar nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha yuqori 1 000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.

 

  • Shuningdek Farmonda:

- Ta’lim sifatini yanada kuchaytirish va o‘quv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;

- 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud davlat oliy ta’lim tashkilotlarida Toshkent davlat yuridik universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi yo‘lga qo‘yilishi;

 

  • 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

- talabalarga fan o‘qituvchilarini tanlash uchun keng imkoniyatlar yaratish orqali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirish;

- uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalarini davlat tashkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

 

  • 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:

- sun’iy intellekt asosida dars sifatini baholash tartibi joriy etilib, bunda elektron ta’lim platformasida talabalarning oraliq bilimi darajasini aniqlash mexanizmi belgilanadi; yakuniy nazorat ishlarini sun’iy intellekt tomonidan baholash yo‘lga qo‘yilib, inson omili cheklanadi; sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tyutorlik faoliyati talaba ko‘makchisi sifatida joriy etiladi; fan o‘qituvchisining dars o‘tishi baholash yo‘lga qo‘yiladi.

 

  • 2026-yil fevraldan yuridik ta’lim va amaliyotning o‘zaro integratsiyasi doirasida:

- tajribali advokatlarni kelishuv asosida talabalarga “amaliy mentor” sifatida biriktirish amaliyotini joriy etish;

- yuridik klinika faoliyatiga tajribali advokatlarni jalb qilgan holda talabalarda jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha “malakali maslahat berish” va “huquqiy ta’minlash” ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish.

 

  • 2026-2027 yillardan protsessual fanlardan dars jarayonlarida virtual sud majlislari va tergov jarayonlarini imitatsiya va simulyatsiyalarini virtual reallik texnologiyalari orqali amalga oshirish belgilandi.

Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarni sifatli amalga oshirish orqali zamonaviy, nazariy bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega, xalol, pok, vatanparvar huquqshunos kadrlarni tayyorlash Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasining burchidir.


MANSUR IBRAGIMOV

Huquq magistri.

Yuridik fakultet katta o‘qituvchisi.

Yuridik klinika rahbari.


Report Page