“YUQORIda BO’L — 2025”
QOIDALARdan ko'chirma(Keyingi o‘rinlarda — “Aksiya”)
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “YUQORIda BO’L — 2025” reklama Aksiyasi santexniklar va qurilish sohasi mutaxassislari o'rtasida VERO brendining ijobiy imidjini shakllantirish maqsadida o'tkazilmoqda. U o'z-o'zini rivojlantirish, malakasini oshirish va santexnika sohasida muvaffaqiyatlarga erishishga qiziqqan shaxslarga qaratilgan.
1.2. Aksiya lotereya, qimor o‘yini hisoblanmaydi va unda ishtirok etish uchun to‘lov kiritilishi shart emas.
1.3. Aksiyada qatnashish orqali ishtirokchi ushbu qoidalarga to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi. Aksiya shartlarining buzilishi Ishtirokchining chetlatilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
2. TASHKILOTCHI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Aksiya tashkilotchilari sifatida VERO Group texnik ko‘magi ostida O‘zbekistondagi VERO Group rasmiy Dilerlari/Hamkorlari (keyingi o‘rinlarda — “Tashkilotchi”) ishtirok etadi.
2.2. Tashkilotchi Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq alohida funksiyalarni bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
2.3. Aksiyaning texnik operatorlari quyidagi kompaniyalar hisoblanadi:

3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATI
3.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2025-yil 1-martdan 2025-yil 30-noyabrgacha.
3.2. Ballarni sovrinlarga almashtirish davri:
- 1-bosqich: 2025-yil 1 -15-avgust
- 2-bosqich: 2025-yil 1-15-dekabr
3.3. 2025-yil 16-dekabrgacha foydalanilmagan ballar bekor qilinadi.
4. AKSIYANI O‘TKAZISH HUDUDI, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududidagi VERO mahsulotlarini taqdim qiluvchi sotuv nuqtalarida o‘tkaziladi.
4.2. Aksiyaga doir rasmiy ma’lumot https://t.me/VeroBonusBot Telegram-botida, ijtimoiy tarmoqlarda hamda sotuv nuqtalaridagi reklama materiallarida joylashtiriladi.
4.3. Tashkilotchi Aksiya shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega, bunda tegishli o‘zgartirishlar haqida ular kuchga kirishidan kamida 3 kun oldin Telegram-botda va rasmiy saytda e’lon qilinadi.
5. Aksiyada ishtirok etadigan mahsulotlar:
Vero Group tomonidan ishlab chiqarilgan quvur va fiting assortimentidagi barcha mahsulotlar . Mazkur aksiya Respublikamizning Surxondaryo, Namangan, Navoiy, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilmoqda.
500 000 so'mlik har bir xarid uchun siz bitta scratch - karta olasiz. Masalan, bir kun ichida (soat 00:00 dan 23:59 gacha) 500 000 so'mlik mahsulot xarid qilgan bo'lsangiz, siz bitta scratch - kartaga ega bo'lishingiz mumkin; 1 000 000 so'mga xarid qilganingizda siz ikkita scratch - karta olasiz.
— Do‘konlarda VERO quvur va fiting sotib olayotganda har 500 000 so‘m uchun bitta karta so‘rashni unutmang.
— Scratch - kartadagi himoya qatlamini ehtiyotkorlik bilan olib tashlang va uni Telegram botiga quyidagi manzilga yuboring: @verobonusbot.
— Botdan javob kuting.
Scratch - кartalar namunasi


6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
6.1. Aksiyada @verobonusbot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tgan, qurilish sohasida santexnik, pudratchi yoki mutaxassis sifatida ishlovchi 18 yoshdan oshgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin.
6.2. Aksiyada Tashkilotchining xodimlari, ularga bog’liq shaxslar, ularning qarindoshlari ishtirok etishi taqiqlanadi.
6.3. Tashkilotchi Aksiya qoidalarini buzganlikda gumonlanayotgan shaxslarga ishtirok etish yuzasidan rad javobini berishga haqli.
6.4. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish uchun to‘g‘ri shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etishi kerak. Ma’lumotlarda nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi Ishtirokchini chetlatishga haqli.
7. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI
7.1. Sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
7.2. Tashkilotchi oldindan xabardor qilmagan holda, sovrin jamg‘armasi tarkibini o‘zgartirish huquqiga ega. Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, qadoqlanishi va xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilganlaridan farq qilishi mumkin, ammo qiymati bo‘yicha teng bo‘ladi.
8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI
8.1. Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun uchta oddiy qadamni bajaring:
1. Aksiyada ishtirok etayotgan mahsulotni xarid qiling.
2. Tovarning qadog‘ida Aksiya stikeri mavjudligiga ishonch hosil qiling.
3. @verobonusbot Telegram-botida ismingiz va telefon raqamingizni ko‘rsatgan holda, ro‘yxatdan o‘ting.
8.2. Ishtirok etish bo‘yicha yo‘riqnoma
1. Ehtiyotkorlik bilan stikerdan himoya qobig‘ini o‘chiring.
2. Ko‘ringan mahsulot kodini botga yuboring.
3. Agar bot talab qilsa, tegishli mahsulotning ikkita suratini ilova qiling.
4. Bot tasdiqlashini kuting
8.3. Agar yuborilgan suratlar talablarga muvofiq bo‘lmasa (xiralik, noaniqlik, tegishli uskunaga nomuvofiqlik), tovar uchun ballar hisoblanmaydi.
9. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI
9.1. G‘oliblar to‘plangan ballar miqdori bo‘yicha aniqlanadi.
9.2. Ishtirokchilar o‘z ballarini ushbu Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan almashtirish davrlarida almashtirishlari mumkin.
9.3. Sovrin jamg‘armasi tugagan taqdirda, Tashkilotchi xuddi shu qiymatdagi muqobil sovrinni taklif qilish huquqiga ega.
10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI
10.1. Sovrinlar Ishtirokchilarga @verobonusbot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida ko‘rsatilgan joyda topshiriladi. Agar boshqa aniq hudud tanlangan bo‘lsa, sovrinni tashkilotchining ushbu hududdagi hamkori topshiradi.
10.2. Ballar almashtirilganidan keyin sovrinni olish muddati 30 kalendar kunni tashkil qiladi.
10.3. Ishtirokchi sovrinni olish chog‘ida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.
11. XARAJATLAR
11.1. Aksiyani tashkil qilish va o‘tazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar, jumladan, sovrinlarni yetkazib berish, soliqlar va boshqa yig‘imlar Tashkilotchi va Aksiyaning texnik operatorlari zimmasiga yuklanadi.
11.2. Ishtirokchilar sovrinni olish joyiga borish bilan bog‘liq ehtimoliy yo‘l haqidan tashqari, qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi.
12. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR
12.1. Ishtirokchilar Aksiya maqsadlari uchun shaxsga doir ma’lumotlari qayta ishlanishiga rozilik bildiradi.
12.2. Shaxsga doir ma’lumotlar uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi va faqat Aksiya doirasida qo‘llaniladi.
12.3. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlar himoya qilinishini ta’minlashga majbur.
13. BOSHQA SHARTLAR VA JAVOBGARLIKNING CHEKLANISHI
13.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari va boshqa uchinchi shaxslarning Aksiyada ishtirok etishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan texnik uzilishlari, xatolari uchun javobgar hisoblanmaydi.
13.2. Fors-major holatlar (tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar) yuz bergan taqdirda, Tashkilotchi oldindan xabardor qilmagan holda, Aksiya o‘tkazilishini vaqtincha to‘xtatish yoki yakunlash huquqiga ega.
13.3. Aksiya o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha nizo va kelishmovchiliklar muzokara yo‘li bilan hal qilinadi, kelishuvga erishish imkoni bo‘lmagan taqdirda – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
14. AKSIYA YAKUNLANISHI
14.1. Aksiya 2025-yil 30-noyabrda yakunlanadi.
14.2. 2025-yil 16-dekabrdan keyin barcha foydalanilmagan ballar bekor qilinadi.
14.3. Tashkilotchi ishtirokchilarni majburiy tartibda rasmiy aloqa kanallari orqali xabardor qilgan holda, Aksiyani uzaytirish yoki uni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganida Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqiga ega.
14.4. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha e’tirozlar 2025-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi, ushbu sanadan keyin taqdim etilgan e’tirozlar ko‘rib chiqilmaydi.