YUNESKO: Ijodkor iqtisodiyot (Creative Economy) sohasida faoliyat yuritayotganlar uchun mukofoti 50 000 dollar boʻlgan tanlov!

YUNESKO tashkiloti kreativ (ijodkor) iqtisodiyot Xalqaro mukofoti uchun tanlov e’lon qildi.
Mukofot har ikki yilda ijodkor iqtisodiyot (Creative Economy) sohasidagi tadbirkorlikni targ‘ib etuvchi ilg‘or tajribalarni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilaldi. Mukofot miqdori 50 000 AQSH dollariga teng.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Ijodkor iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan va iqtisodiyotda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi innovasion tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, davlat organlari, tashkilotlar, tuzilmalar va nodavlat tashkilotlar (NNT) tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur mukofotning ilk taqdirlash marosimi 2021-yil noyabr oyida tashkil etiladigan YUNESKO Bosh anjumanining 41-sessiyasi davomida bo‘lib o‘tadi.
Qanday ariza topshirish mumkin?
Arizalar 2021-yilning 21-iyuliga qadar onlay shaklda BU YERDA topshiriladi. Ariza va ishlar ingliz yoki fransuz tilida topshirilishi kerak. Talabgorlar mazkur tanlovda ishtirok etishi uchun ularning nomzodi vakolatli tashkilot tomonidan tavsiya etilishi kerak.
Oʻzbekistonda tavsiya etishga vakolatli tashkilot YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi hisoblanadi. Milliy komissiyasi barcha nomzodlarga ularni YUNESKO Bosh qarorgohiga tavsiya etishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Shu sababli ariza berishga kirishishdan oldin Milliy komissiya bilan info@unesco.uz emaili orqali bogʻlaning. Milliy komissiya ariza topshirish boʻyicha barcha savollaringizga javob beradi va nomzodingizni tavsiya etadi.
Tanlov haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin.
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi telegram kanali.
Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar