YOSHLAR GRANTI 2.0

YOSHLAR GRANTI 2.0

@promax_edu

๐Ÿ˜Š Yodingizda bo'lsa, ProMax Education jamoasi tomonidan 2021-2022 o'quv yili uchun "Yoshlar Granti" loyihasi e'lon qilingan edi. Endilikda, ushbu manfaatli loyihamizni doimiy an'anaga aylantirmoqchimiz.


โšก๏ธ Bu yil ushbu loyiha ishtirokchilari sonini ko'paytirishni niyat qildik va grant miqdorini 1 milliard so'mgacha oshirdik!


๐Ÿ“„ "Yoshlar Granti"ning navbatdagi sonida talabgorlar safida bo'lish uchun dastlab google so'rovnomani to'ldirishingiz kerak bo'ladi.


โœ… Saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi:


โ€” Birinchi bosqichda talabgorlar tomonidan maxsus motivatsion xat yoziladi. Xatda nima uchun o'zlarini ushbu grantga loyiq deb bilishlari haqida hamda oldilariga qo'ygan maqsadlari to'g'risida ma'lumot beradilar;

โ€” Ikkinchi bosqichga 100 nomzod o'tkazilib, bu gal suhbat asosida 50 nafar nomzod saralab olinadi.


๐Ÿ”ฅ Ushbu loyiha qiymati 1 milliardga teng bo'lishidan qat'iy nazar, markazimiz va fidoiy ustozlarimiz iqtidorli, ilmga chanqoq, ba'zi sabablarga ko'ra o'qish imkoniyatiga ega bo'lmaganlarni qo'llab- quvvatlashga va bilimli yoshlar kamol topishiga hissa qo'shayotganidan mamnun.


โš ๏ธ Eslatib o'tamiz, ro'yxatdan o'tish 30.08.2022 dan 15.09.2022 ga qadar davom etadi.


๐Ÿ“„ So'rovnomani to'ldirish uchun havola: https://forms.gle/eTqxT3qc2wfdt2v76


โ˜Ž๏ธ Murojaat uchun: +998 (95) 513-77-76 I +998 (99) 512-77-76


๐Ÿ› ProMax Education โ€” eng muhim maqsadlaringizni biling!

Report Page