YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?

YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?



Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi:

✅ oila aʼzosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan;

✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

✅ boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

✅ o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

✅ o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

✅ I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

✅ farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

✅ jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

✅ ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

✅ yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

✅ zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;

✅ “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

✅ haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

✅ davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

✅ jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

✅ muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

✅ psixologik maslahatga muhtoj;

✅ nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

✅ dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

✅ yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.



Report Page