YOSHLAR - KELAJAGIMIZ VA ISTIQBOLIMIZ POYDEVORI

YOSHLAR - KELAJAGIMIZ VA ISTIQBOLIMIZ POYDEVORI

 

Mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulugʻ maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan azmu shijoatli yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.

 Ayni shu maqsadda oʻquvchi yoshlar ishtirokida turli tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Xususan, 15-may kuni Yashnobod tumanida “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Arqon tortish musobaqasida 230-maktab qizlar jamoasi 1-oʻrinni, “Zakovat” intellektual oʻyinida 153-maktab jamoasi 1-oʻrinni egalladi.

Bundan tashqari shaxmat-shashka boʻyicha 198-maktab jamoasi, stol tennisi boʻyicha esa 161-maktab oʻquvchilari, shuningdek futbol boʻyicha musobaqada 227-maktab jamoasi faxrli 1-oʻrinlarni egallashdi.

Gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.


 

 


Report Page