YOSH KITOBXON
30-maktab MMIBDO'O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqish va intilishlarini qo’llab-quvvatlash, yoshlarimizni o'zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruxida tarbiyalash, o’quvchilar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali ularning ma’naviy-siyosiy ongini yuksaltirish uchun O’zbekiston ta`lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman bo’linma Kengashining 2022-yil 24-oktabrdagi 9112-sonli hamda Angor tuman Xalq ta`limi bo’limining 2022 yil 24-oktabrdagi 413-8-9-XT/22-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida “Yosh kitobxon” tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi qo’shma buyruqlariga asosan joriy yilning 3-noyabr kuni maktabimizda "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi.
Tanlov o'quvchilar o'rtasida qizg'in va murosali bahslarga boy tarzda o'tdi. Tanlov yakunida hakamlar hay`atining qaroriga binoan 66 ball to'plab mutloq g'oliblikni 11-sinf o'quvchisi Abdumurodova Zilola, 63 ball bilan 2-o'rinni 11-sinf o'quvchisi Xudoyorova Jumaxol hamda 43 ball bilan 3-o'rinni 11-sinf o'quvchisi Xudoyorova Farangiz va 9-B sinf o'quvchisi Ergasheva Habibalar qo'lga kiritganligi e'lon qilindi.