“YOSH BILIMDON”

“YOSH BILIMDON”


Yoshlarimizni bilimlarini, dunyoqarashini yanada oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida bugun AKM mutaxassislari tomonidan 23-maktab o’quvchilari ishtirokida “Yosh bilimdon “ quvnoq kvest o’yini 7-sinflar ishtirokida o’tkazildi . Yosh bilimdonlarga kompyuterda kvest o’yinli jumboqlar va mantiqiy vazifalarni hal qilishni o’z ichiga olgan hikoya chizig’iga ega interaktiv o’yini tavsiya qilindi.Ular o’zlari sevimli kitoblarining qahramonlariga aylanishdi. Guruh 15 nafar yosh adabiyot bilimdonlaridan iborat bo’lib, shart bo’yicha ishtirokchilarni parcha syujeti kutayotgan edi. Ular parchalardan to’plashlari va sevimli kitoblari nomini olishlari kerak bo’lgan. Barcha ishtirokchilar katta qiziqish bilan boshqotirmalarni yig’ishdi. O’yinni to’g’ri va tez yakunlagan dastlabki uchta ishtirokchiga esdalik sovg’alari berildi. 1-o’rin G’anijonova Dilrobiya, 2- o’rin Axmatov Ayubxon, 3-o’rin Odiljonova Munisaga nasib etdi.









Report Page