“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” SHAHRIXONDA HAM O‘TKAZILMOQDA

“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” SHAHRIXONDA HAM O‘TKAZILMOQDA


Barchaga ma'lumki joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabr “Yong‘in xavfsizligi oyligi” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan joylarda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining shahar-tuman bo‘limlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Ana shunday targ‘ibot ishlari Shahrixon tumanida ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, mahallar va ko‘chalarda, maktab, korxona-tashkilotlarda “Shahrixontumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi mutaxassislari va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan gazdan oqilona foydalanish, is gazi, yong‘in xavfsizligi haqida tushunchalar berishmoqda.

“Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchasida ham olib borilgan profilaktik ishlarda maxsus avtotransport vositalarining haydovchilari, chilangarlar va shoxobcha ishchilariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bir qator ma'lumotlar taqdim etildi. Xususan, maishiy gaz ballonni tashish qoidalari, aholiga taqdim etilayotgandan ballondan foydalanish tartiblari haqida tushunchalar berish uqtirildi. 

Shahrixon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliq o‘rinbosari podpolkovnik Jobir Siddiqov o‘z so‘zida soha xodimlariga yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berib, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, o‘t o‘chirish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma'lumotlarni aytib o‘tdi.

Shunindek, aholiga isitish pechlari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadida eslatma, yo‘riqnoma va plakatlar tarqatildi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page