YOLG’ON XABARLARDAN EHTIYOT BO’LING!

YOLG’ON XABARLARDAN EHTIYOT BO’LING!

@AlQuranuz



YOLG’ON XABARLARDAN EHTIYOT BO’LING!


Yolg’on xabar tarqatish dinga ham, jamiyatga ham foydasi bo’lmagan ishlar sirasidan. Yolg’on xabarga duch kelganimizda qanday yo’l tutish kerakligimiz Qur’oni karimda quyidagicha bayon qilingan: “Qachonki ularga eminlik yoki haq to’g’risida bir ish – xabar yetsa, uni taratadilar. Agar uni PAYG’AMBARGA va O’ZLARIDAN BO’LGAN ISHBOSHILARIGA havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo’lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz” (“Niso” surasi 83-oyat).


Darhaqiqat, muhim xabarlarni ishboshilarimizdan, ya’ni ishonchli manbadan, xususan, rasmiy manbalardan olish maqsadga muvofiq.


Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “2022 yilda Toshkent shahrida xatmga o’tadigan qorilar ro’yxati” nomi ostida yolg’on xabarlar tarqatilmoqda. Bu yolg’on xabar o’tgan 2021 yil Ramazon oyiga oid ekanini alohida ta’kidlash lozim.


1443/2022 yil Ramazon oyida xatmi Qur’onlarda ishtirok etadigan qorilar ro’yxati O’zbekiston musulmonlari idorasi, xususan, “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilinadi.


Bu kabi muhim xabarlarni tarqatishda shoshilmang! Shaytonga ergashib ketmang!


O’zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi

Report Page