“YILNING ENG YAXSHI TYUTORI – 2025”

“YILNING ENG YAXSHI TYUTORI – 2025”


I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu nizom universitetda faoliyat yuritayotgan tyutorlar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tyutori” tanlovini onlayn ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Tanlovning asosiy maqsadi:

 tyutorlarning kasbiy mahorati va samaradorligini oshirish;

 tyutorlarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini rag‘batlantirish;

 talabalarga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni yanada kuchaytirish;

 ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va targ‘ib qilish;

ta’lim muassasasi imijini oshirish. tyutorlarning faoliyati samaradorligini oshirish;

ularning kasbiy mahoratini rag‘batlantirish;

iqtidorli va faol tyutorlarni aniqlash hamda ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish.

3. Tanlovda universitetning barcha tyutorlari ishtirok etishi mumkin.

II. Tanlovning o‘tkazilish tartibi

1. Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich (sarf-eliminatsion bosqich): Barcha tyutorlar uchun onlayn ovoz berish tashkil etiladi. Eng yuqori ball to‘plagan 36 nafar tyutor keyingi bosqichga o‘tadi. 2025-yil 19-sentabr 16:30 dan 23-sentabr 8:00 ga qadar davom etadi.

2-bosqich (yarim final): 36 nafar tyutor orasidan eng yuqori ball to‘plagan 12 nafar tyutor tanlab olinadi. 2025-yil 24-sentabr 20:00 dan 27-sentabr 8:00ga qadar davom etadi.

3-bosqich (final): 12 nafar tyutor o‘rtasida yakuniy onlayn ovoz berish o‘tkazilib, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanadi. 2025-yil 28-sentabr 9:00 dan 30-sentabr 9:00 ga qadar davom etadi.

2. Har bir bosqich yakunida natijalar ochiq e’lon qilinadi.

III. Baholash mezonlari

1. Ishtirokchilarni baholash talabalar, professor-o‘qituvchilar va jamoatchilik ishtirokida onlayn ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

2. Ovozlar soni natijalarni aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi.

3. Ovoz berish jarayonida shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida maxsus elektron platforma joriy qilinadi.

IV. G‘olib va sovrinlar

1. Tanlov yakunida g‘oliblar 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami arafasida quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 10 000 000 so‘m;

 2-o‘rin – 7 500 000 so‘m;

 3-o‘rin – 5 000 000 so‘m.

V. Yakuniy qoidalar

1. Ushbu nizom tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.

2. Tanlov jarayonini tashkil etish va o‘tkazish uchun maxsus ishchi guruh tuziladi.

3. Nizomda ko‘zda tutilmagan masalalar universiteti rahbariyati tomonidan hal etiladi.

                           









Report Page