YI ning Erasmus+ granti sohiblari yetakchi xorijiy OTMda muvaffaqiyatli o`qimoqda
Nemis filologiyasi kafedrasiBuxoro davlat universiteti Nemis filologiyasi kafedrasi ikkinchi bosqich magistrlari Arabov Oybek va Qosimova Zebiniso Yevropa Ittifoqining Erasmus+ granti asosida qishki semestrni Germaniyaning Myunster universitetida o`tkazishyapti. Ushbu almashinuv 2018-yildan beri BuxDU Nemis filologiyasi kafedrasi va Germaniya Myunster universiteti orasidagi memorandum asosida amalga oshirilmoqda.
Oybek Arabov sakkiz yildan beri nemis tilidan o`rta umumta`lim maktabida saboq berib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida uning bir nechta o’quvchilari nemis tilidan Respublika va viloyat olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritishdi va bir necha o’quvchilari xalqaro til bilish sertifikatlariga ega bo’lishdi. Shuni ta’kidlash joizki, uning shogirdlari nafaqat Respublikamiz balki Germaniyaning top universitetlarida ham tahsil olib kelmoqda. U shuningdek, adabiyot va tarjimaga qiziqishi sabab nemis adiblari asarlarini o’zbek tiliga o’girilishiga ham hissa qo’shib kelmoqda.
Bu yerdagi ilmiy muhit meni yaxshi ma’noda hayratga soldi. Talabalarning ilm olishga bo’lgan ishtiyoqi, mustaqil qaror qabul qila olishi o’rnak olsa bo’ladigan jihat. Ayniqsa dars jarayonida deyarli umuman chop etilgan ma’lumotlaridan foydalanmasligi ularning naqadar iqtisodiy resurslarni tejashga va shu bilan birga tabiat va energiyani asrashga hissa qo’shayotganligi tahsinga loyiq. Nemis adabiyotini nemis xalqi nuqtai nazaridan9 o’rganish ularning badiiy adabiyotni tushunish va anglashga katta yordam bermoqda. Kelajakda bu yerdan olingan ta’lim va tajribadan foydalanib ilmiy va kasbiy faoliyatimni yanada rivojlantirishni maqsad qildim deydi O. Arabov.
Yana bir talabamiz Qosimova Zebiniso esa 2018-2022-yillar davomida bakalavr bosqichini BuxDUda tahsil olgan. Shu vaqt mobaynida o’zini namunali talaba sifatida ko’rsatib turli ilmiy loyihalarda ishtirok etdi. Jumladan 2019-yil DAADning “Studienreise” loyihasi asosida Germaniyaning Myunster va Essendagi Duisburg universitetlarida bo’lgan. Myunster universitetida bo’lish unga universitetning manbalaridan foydalanish va professorlar bilan fikr almashishga qulay imkoniyat yaratdi.
Ushbu memorandum doirasidagi loyihalar davomli bo’ladi deb umid qilamiz. Kelajakda ushbu almashinuv o’z mevasini berib talabalarimiz vatanimiz ilm-fani rivojiga o’z hissalarini qo’shadi.