YGKBOT ORQALI QILINGAN MUROJAAT YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT

YGKBOT ORQALI QILINGAN MUROJAAT YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT


“Мен Норқулова Оиша Бултаковна Жиззах вилояти Зафаробод тумани Бирлик ҚФЙданман йўлни ёқасидаги ташландиқ қаровсиз ётган жойни ободонлаштирган жойимни доимий фойдаланишимга амалий ёрдам беришинингизни сўрайман илтимос савоб учун қийналиб кетдим”. 

(Yuqoridagi murojjat aynan keltirilmoqdi).

Murojaatda muallif, yo’lning yoqasidagi tashlandiq qarovsiz yotgan joyni obodonlashtirgan joyini doimiy foydalanishga amaliy yordam berishini so‘ragan.

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga pm.gov.uz orqali Zafarobod tumani, “Birlik” QFYda yashovi fuqaro Narqulova Oysha Bultakovna 2021-yil 22-dekabr kuni o’zi tomonidan foydalanib kelayotgan yer maydonini shu hududda yashovchi boshqa shaxs olib qo’yganligidan norozi bo’lib, ushbu yer maydonini o’ziga ajratishda amaliy yordam so’rab qilgan murojaati yuzasidan uning yashab turgan mahallasiga borib murojaatchi bilan birgalikda suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida fuqaro murojaatda keltirib o’tgan vajlariga birma-bir to’xtalib o’ tildi:

Jumladan, fuqaroning murojaatda keltirib o’tgan yer maydoni “Birlik” QFY da yashovchi fuqaro Bo’riyev Eshonqulga Zafarobod tumani hokimining 2018-yil 17-avgustdagi 1165-sonli qaroriga asosan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish uchun 1,0 ga yer maydoni vaqtinchalik – 10 yil muddatga ajratib berilganligi aniqlandi.

Narqulova Oysha Bultakovnaga ushbu yer maydoni Bo’riyev Eshonqulga hokimning qarori bilan ajratib berilganligi va ushbu yerni auksion savdosiga qo’yilmaganligi batafsil tushuntirildi.

Ma’lumot o’rnida, Narqulova Oysha murojaatda keltirilgan yer maydoni tuman hokiming qarori bilan Bo’riyev Eshonqulga ajratilganligidan norozi bo’lgan taqdirda Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishini belgilab qo’yilganligini hisobga olib ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilishi tushuntirildi.

Suhbat yakunida fuqaro huquqiy tushunchamizdan qanoat hosil qilib bizga nisbatan e’tirozi yo’qligini bildirdi.

https://t.me/Jizzax_kadastr_axborot



Report Page