YETKAZIB BERISH MUDDATINING UZAYTIRILISHI HAQIDA 

YETKAZIB BERISH MUDDATINING UZAYTIRILISHI HAQIDA 

UzAuto Motors AJ
UzAuto Motors AJ

Ushbu xabar 2021 yilning noyabr-dekabr oylarida avtomobili yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga qaratiladi. 

Kompaniya avtomobilni yetkazib berish boʻyicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qiladi

Boshqacha aytganda, “UzAuto Motors”ga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli, yarimo'tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo'llashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur. 

“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora iste'molchilar tomonidan toʻgri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda.  

Shuningdek, Hurmatli xaridorlar, sizni ishontirib aytamizki, uzoq kutilgan avtomobilingizni imkon qadar tezroq olishingiz uchun qo'limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni qilamiz.

Report Page