YER EGALARIGA ILMIY TAVSIYALAR BERILDI

YER EGALARIGA ILMIY TAVSIYALAR BERILDI


Bugun biron bir sohaning rivojini ilm-fansiz tasavvur qilish ancha mushkul. Shu jumladan, qishloq xo‘jaligida ham fundamental tadqiqotlarsiz, ularning amaliyotdagi sinovi natijalarisiz yutuqlarga erishib bo‘lmayd.


So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan qariyb respublikaning barcha hududlarida tuproq (agrokimyoviy kartogrammalar, sho‘rlanish xaritasi, bonitirovka) tadqiqotlar olib borilib, yakuni bo‘yicha tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, yerdan foydalanuvchilarga taqdim etib kelinmoqda.

Klasterlar va fermer xo‘jaliklarining tuproq tadqiqotlari natijalaridan xabardor etish maqsadida turli mavzularda ko‘rgazmali dala seminarlari tashkil etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida joylardagi klasterlar va fermer xo‘jaliklarining tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish ko‘nikmasini oshirish bilan birga ekinlar hosildorligiga balki, tuproq unumdorligi, o‘g‘itlar sarfi va mahsulot sifatiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bugun bir guruh Institut olimlari tomonidan Sirdaryo viloyatida uyushtirilgan tadbirdan asosiy maqsad ham qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish yo‘llari mavzusida ko‘rgazmali amaliy seminari tashkillashtirildi.

Yig‘ilishda tuproqshunos olimlar tomonidan o‘tgan 2022 yilda Sirdaryo viloyat hududlarining barcha massivlarida agrokimyoviy kartogrammalar, sho‘rlanish xaritasi, tuproq sifatini baholash xaritalaridan to‘g‘ri va undan oqilona foydalanish, shuningdek, agrokimyoviy kartogrammalar natijalaridan foydalanish usullari, shu jumladan ushbu agrokimyoviy kartogrammalar asosida o‘g‘itlash me’yorlarini belgilash, tuproq tahlillari asosida agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ham ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugun tadqiqotlar davomi sifatida Institutning yetuk malakali mutaxassislari tomonidan tuproq monitoringi tadqiqotlarini yuritish bo‘yicha dala tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Report Page