Rasmiy Munosabat

Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, ekspertlar, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokidagi guruh 2020 yil 21 oktyabr kuni Sirdaryo tumani hududida joylashgan "PENG-SHENG" Qo'shma korhonasida bo‘lib, ekologik talablarga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgan edilar.
Uchrashuv davomida korxona mas’ul xodimlari tomonidan faoliyat to‘xtatilgan davrda bajarilgan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, Jamoatchilik kengashi a’zolari, ekspertlar, viloyat ekologiya boshqarmasi hamda korxona vakili ishtirokida Sho‘ro‘zak kollektori suvidan namunalar olindi. Sho’ro’zak kollektoriga tashlanayotgan suvlardan olingan namunalarda kimyoviy tahlillar o’tkazilganda bir qator ingredientlar miqdori belgilangan ekologik me’yorlardan ortiq ekanligi aniqlangan.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 2020 yil 25 mart kunidagi qaroriga muvofiq «PENG-SHENG» Q/K O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 11-moddasiga asosan oqova suv tozalash inshooti belgilangan me’yor darajasida ishlamaganligi sababli kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan. Sud ijrosini ta'minlash vazifasi Sirdaryo tumani MIB bo'limiga yuklatilib, ijro varaqasi yuborilgan.
Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati