YASSAVIYHI  YOD ETIB

YASSAVIYHI  YOD ETIB


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Yassaviyni yod etib” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi G.Akbarov va yetakchi mutaxassisi I.Zokirjonov tashrif buyurdi. 

Anjumanda o’quvchilar tomonidan bahoriy kuy-qo’shiqlar ijro etildi, vatanparvarlik mavzusida she’rlar aytildi, Ahmad Yassaviyning hayotiga oid ma’lumotlar sahna ko’rinishlari orqali yoritib berildi, hamda jajji o’quvchilar ishtirokida raqslar namoyish etildi. Ahmad Yassaviy “Yassaviya tariqati” asoschisi bo’lib, uning hikmatlari va o’gitlaridan o’quvchilar bahramand bo’lishdi hamda bulardan o’zlari uchun kerakli xulosalar olishdi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yuksak axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, buyuk adib, olim, mutafakkir, yozuvchi va shoirlarimiz hayoti va ijodini o’quvchilarga yaqindan tanitish, ularning asarlarini yaqindan o’rganish hamda ularni xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladi.




Report Page