YAPONIYA

YAPONIYA

Fly Mir - Sirojiddin

Assalom alaykum hammaga!

Ko`pchilik yurtdoshlarimiz bu guruh a`zolariga Yaponiyada o`qish haqida turli savollar bilan murojaat qilishadi. Afsuski, juda ko`p vaqtlarda bu savollar nafaqat javobsiz balki e`tiborsiz ham qolib ketadi. Bundan tashqari, shaxsiyga keladigan savollar ham bor…


Demak, Yaponiyada o`qiman deb ne orzu umidlar bilan turli savollar yo`llovchi talabalar afsuski, Yaponiyaga kelib bu davlatni "o`zlarinik" qilib olgan va boshqalarga umuman yordam bergisi kelmaydiganlarni deb ilmdan benasib qolmoqdalar, shundaymi?

Agar, savol yo`llovchi sifatida siz ham shunday vaziyatga duch kelib, alam qilgan bo`lsa, bu gaplar sizga: 

1) O`qishga kirishga qilayotgan harakatingiz tahsinga sazovor! Lekin, “qaysi o`qishga topshiray, arzon o`qish qaysi, bu universitet qanday, kontraktlari qimmat emasmi, stipendiya olsa bo`ladimi, ishlasa bo`ladimi?” bunaqa ma`lumotlarni bu guruhdan qidirishingiz - bu xato. Yillar IELTS o`qib, 7 olgan odam bunaqa savollar hech qachon so`ramaydi!


2) Biz, 20 asr, shahar markaziga borib boshqa joyga telefon qiladigan asrda yashamayabmiz. Bu oddiy savollarni hamma topishi oson bo`lishi uchun Google milliardlab $ sarflayabdi. Googleni ishlatsangiz, Yaponiyadagi xalqaro fakultetga ega universitetlarning deyarli barchasi haqida internetda ma`lumotni soniyada topsa bo`ladi. Shunday tayyor ma`lumot turganda, boshqa odamdan O`zbekchilik qilib so`rash, birinchidan u odamni vaqtini olish, ikkinchidan e`tiborsizlik va harakatsizlik, uchinchidan hali tashqi dunyoga chiqib o`zi erkin yashashga tayyor emaslik a`lomati (buni chet elga chiqqaningizda tushunib yetasiz). Demak, savolingiz javobsiz qoldimi, bilingki juda oddiy va hamma topishi mumkin bo`lgan savol so`rayabsiz.


3) Aslida nima so`rashingiz kerak? Siz aslida o`qish haqidagi “yozilmaydigan” qoidalar haqida bilishga intiling. Essay yozishda nimalarga e`tibor berish kerak, yozayotgan fikrlarim o`tkirmi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladimi? Interviewda nimalarga e`tibor berishim kerak, qaysi sohada qiziq ilmiy ishlar ketyabdi, qaysi domla O`zbeklarni yaxshi ko`radi va qabul qilishga tayyor?


4) Eng muhimi, sizni qanday universitetda o`qishingiz masalasi bu - bu sizning qiziqishlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringiz bog`liq masala! Agar, eng arzon, odam ko`p oladigan va ko`p pul topadigan soha, ko`pincha IT, ga o`qishga kirib bitirsam bo`ldi, deb o`ylasangiz - juda ham yanglishasiz! Siz universitetni hech qachon sizni ishlashga tayyor kadr qilib chiqaradigan makon deb o`ylamang; universitet insonni kelajakdagi qiziqish va maqsadlarini topish uchun bir bosqich holos! Siz umringizda nevrologiya, bioximiya, data fanlari, AI haqida tanishmasdan turib, nega birdan iqtisod yoki biznes siz qiziqqan sohaligini qanday bilasiz?


5) Yaponiyada bakalavr o`qishi - o`sha fanni o`qib, shu sohada ishga kirib ketadi degani emas! Aslida bakalavrni tugatish bir parcha qog`ozdan boshqa hech narsa degani emas! Huquq o`qigan odam kosmetika kompaniyasida sotuvchi, fizika o`qigan odam banker bo`lish mumkin! Nafaqat Yaponiyada balki butun dunyoda haqiqiy sohani o`qish davri magistrdan boshlanadi. Buni bakalavr o`qimasdan bilib bo`lmaydi.


Eng savolni qabul qilib oluvchilar. Sizu biz Yaponiyani turli joylarida ishlab va o`qib yurib juda bandmiz. Bu guruhga ham onda sonda Sohib akaga o`xshaganni hazillaridan bahramand bo`lish yoki Yaponiyaga endi kelganlarni ishkallaridan xabardor bo`lish yoki oddiy savollarni ko`rib, “ha, manga o`xshab yillab yurmaganda" degan his o`tishi uchun kirib turasiz. Ba`zida o`qishga kelmoqchi bo`lganlarni yosh bolacha savollarini ko`rib qaragingizam kelmayotgan bo`lsa, pastdagi gaplar endi sizga;

1) 10-15 yil oldingi Yaponiyaga yangi katta kiyimlarni kiyib, atrofdagi baland binolarni ko`rib do`ppingiz tushib ketay deb yurganingizni eslab qo`yaylik bir! Biz ham bu davlatda tug`ilmaganmiz, hammamiz bir paytlar hozir yashab yurgan binolarni borib kelganlarni rasmlarida ko`rganimizda ko`zimizdan yosh oqib yutinib qo`yganimizniyam bir eslaylik.


2) Endi, Xudo manga shuni nasib qildi, boshqalargayam nasib qilishi uchun bir nima qilay deb, yurtdoshimizni o`ylaylik va qo`ldan kelgan yordamni beraylik. Agar oddiy savol berayotgan bo`lsa, aslida berishi kerak bo`lgan savollar haqida 10 min vaqt ajrataylik, huddi bizgayam bir paytlar shunaqa vaqt ajratishganidek.


3) Hozirgi holatidan nolisakda, hammamiz qariganda oilamiz bilan qaytadigan davlatimiz shu - O`zbekistonligini va u bizga o`xshagan odamlar Yaponiyaga kelib yaxshi joylarda o`qisa va ishlasagina rivojlana olishini ham esdan chiqarmaylik.


Hammaga sog`lik tilab,


Bekzod


Report Page