“YANGIRABOD” MFYDA YONG‘IN XAVFSIZLIGIGA OID TADBIR O‘TKAZILDI

“YANGIRABOD” MFYDA YONG‘IN XAVFSIZLIGIGA OID TADBIR O‘TKAZILDI


 Maʼlumki, “Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha dolzarb 30 kun” oyligi doirasida joylarda daxldor tashkilotlar tomonidan uchrashuvlar va turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Xatirchitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari tomonidan “Yangirabod” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Unda gaz taʼminoti idorasi masʼul xodimlari tomonidan yig‘ilganlarga tabiiy va suyultirilgan gazdan to‘g‘ri foydalanish, mavjud xavfsizlik qoidalariga rioya etish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi va yong‘inlar oldini olish yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi. Shuningdek, xonadonlarda tabiiy gazni tejash, undan oqilona foydalanish zarurligi, energiya tejamkor gaz uskunalarining bu boradagi ahamiyati haqida gapirildi.

Tadbir doirasida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga gaz sohasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarildi. Yakunda ishtirokchilarga tabiiy va suyultirilgan gazdan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inlar oldini olishga qaratilgan eslatmalar tarqatildi.

 

 “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali

 matbuot xizmati



Report Page