YANGICHA OLIMPIADA - YANGICHA G‘ALABA!
Lobar Turayeva PR manager(KHISO olimpiada maktabi offline olimpiadalarga start berdi)
"Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqsh kabidir."Albatta,har bir insonning bugungi harakati ertanggi kuniga poydevor bo‘ladi. To‘g‘ri ta'lim, sog‘lom muhit va tinimsiz harakatlarning so‘nggi nuqtasi g‘alaba bo‘ladi.

Ana shunday o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlarning 70 nafardan ortig‘i 13-dekabr kuni KHISO olimpiada maktabi tomonidan offline shaklda tashkil qilingan bepul olimpiada orqali bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘z bilimlarini matematika fani orqali sinovdan o‘tkazgan yoshlar ertanggi kungi karyerasiga ilk qadamni boshlashdi.

KHISO olimpiada maktabi tomonidan o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 3-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar, abiturentlar ishtirok qilishdi. Kun davomida ishtirokchilar, ularning ota-onalari uchun "Cofe break" tashkil qilindi.


G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom , medallar va esdalik sovg‘alari, shu bilan birga o‘quv markazda ta'lim olish uchun 25 % gacha bo‘lgan imtiyozlarni qo‘lga kiritishdi. Yuqori kayfiyatda, Xalqaro olimpiada g‘oliblari ishtirokida qiziqarli master-klasslarga boy bo‘lgan olimpiadada barcha ishtirokchilar va g‘oliblar KHISO olimpiada maktabi tomonidan taqdirlandi. Ushbu olimpiada an'anaviy tarzda tashkil qilinib, o‘z atrofida bilimdonlarni to‘plashda davom etadi.
Lobar Turayeva
KHISO olimpiada maktabi Matbuot kotibi