“YANGI O‘ZBЕKISTON” MASSIVLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

“YANGI O‘ZBЕKISTON” MASSIVLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA


Mamlakatimizda xalqimiz farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma, yo‘l-transport kommunikasiyasi barpo etish, kommunal xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada yaxshilash borasida davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida o‘z ifodasini topmoqda.

Joylarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti tizimida odamlarni qiynayotgan muammolar hamon borligi hech kimga sir emas. Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan, vaqt, mehnat va mablag‘ talab etadigan bunday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Sariosiyo tumanining "Lutfkor" mahallasi hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida na’munaviy loyhalar asosida qurilayotgan 17 ta ko‘p qavatli uylarning 360 ta xonadonda gazlashtirish ishlari hamda uy-joylarni tabiiy gaz bilan bir maromda xavfsiz ta’minlash maqsadida GTQlarini o‘rnatish va ko‘p qavatli uy-joylar orasidagi gaz quvurlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu uy-joylarnining qurilishi yakunlanganlarini pudrat tashkilotlari tomonidan o‘rnatilgan ASKUG tizimidagi zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalarini “Sariosiyotumangaz” GTB bilan hamkorlikda tarmoqqa va gaz jixozlarini texnik kurikdan o‘tkazib kabul qilish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, shahar va qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan massivlar, ko‘p qavatli turar joy binolari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ob’yektlarga gaz tarmoqlari tortish borasida «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali tomonidan muayyan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Report Page