“YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI KASABA UYUShMALARI”

“YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI KASABA UYUShMALARI”


Ma'lumingizkim, o‘tgan yilning 11 noyabr' sanasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining VIII qurultoyi bo‘lib o‘tgan edi. Besh yillik faoliyat sarhisobi hamda kelgusi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan nufuzli anjumanda 11 noyabr' sanasi yurtimizda “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilangandi. Barcha soha tizimida bo‘lgani kabi gaz tizimida ham kasaba uyushmalarining alohida o‘rni bor.

 “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialiing boshlang‘ich kasaba uyushma tomonidan o‘tgan yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 12 nafar ishchi-xodimning ish beruvchi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni ko‘rib chiqish bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalarga rozilik berilmadi. 3 nafar xodimlarning intizomiy jazo muddatini oldindan yechish bo‘yicha Filial rahbariyatiga taqdimnomalar kiritildi. 43 nafar ishchi-xodimlarga nafaqaga chiqishidan oldin bir martalik moddiy yordam va qimmatbaho sovg‘alar, 73 nafariga yubiley sanalari bilan taqdirlovlar tashkil etildi. Shuningdek, 57 nafar kam ta'minlangan yosh oilalarga, hozirda nafaqada bo‘lgan, lekin uzoq yillar sohada xizmat ko‘rsatgan faxriylarga ham e'tibor qaratildi. Mazkur xayrli ishlarni amalga oshirish uchun kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan 106 million 753 ming so‘m sarflandi. 

Joriy yilgi bayram oldidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali va uning shahar-tuman bo‘limlarida “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” g‘oyasi ostida uchrashuvlar tashkil etildi. Bunda viloyat Ma'naviyat va ma'rifat boshkarmasi bilan hamkorlikda gaz tizimi xodimlari bilan ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar, ma'ruzalar, mushoira kechalari tashkil qilindi. Xususan, Izboskan va Shahrixon tuman gaz ta'minoti bo‘limlarida mutaxassislar Vatan, sevgi va do‘stlik mavzularidagi ash'orlardan tinglashib, dilbar kuy-qo‘shiqlardan bahra oldilar. Barcha tumanlarda “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” g‘oyasi ostidagi tashkil etilgan tadbirlar viloyat kasaba uyushmalari qo‘mitasi hamda viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi mutaxassislari, viloyatning ko‘zga ko‘ringan shoir va yozuvchilari, san'at ahli vakillari ishtirokidagi uchrashuv bilan yakun topdi. 

"Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page