YANA KITOB HAQIDA

YANA KITOB HAQIDA


Urganch shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida mahalladagi uyushmagan yoshlar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobsevar millat” mavzusida taniqli shoir, yozuvchi va olimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun oldidan o‘tkazilgan mazkur tadbir qutlug‘ sana bilan uyg‘unlashib, o‘zgacha mazmun, qiziqarli va rang-baranglik kashf etdi. 

AOKB
AOKB
AOKB

Uchrashuvda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavharjon Ibodullayeva, “Oltin meros” jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari, o‘lkashunos olim Komiljon Nurjonov, shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi Shoira Shams ishtirok qilib, o‘zlarining hayotiy yo‘li, ijodiy faoliyati haqida maroqli hikoya qildilar.

 

Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi xodimlari “Kitob-bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i” mavzusida viktorina o‘tkazishdi. G‘oliblarga ijodkorlar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Tadbir mehmonlari - Gavharjon Ibodullayeva, Dilbar Bekchanova va Shoira Shams muallifligida chop qilingan kitoblar hamda boshqa badiiy adabiyotlar maktab kutubxonasiga taqdim etildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan “Kitob dunyoda qanday yashashni o‘rgatadi”, “Ona tilim-faxrim mening” mavzularida she’rlar o‘qildi.

AOKB
AOKB
AOKB

35-son Binokor mahallasining xotin-qizlar faoli Sayyora Palvanova kitobning inson hayotidagi muhim ahamiyati, uning ta’lim-tarbiya borasidagi ro‘li haqida gapirdi. Tadbir so‘ngida 26-son umumta’lim maktabi direktori Muzaffar Abdurahmonov hurmatli va qadri baland ijodkorlarga, fidoyi insonlarga tashriflari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va bayram bilan barchani muborakbod qildi.


Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

Report Page