YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA

YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA


 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida talabalarning tegishli fanlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 2023-2024 o‘quv yilining I-semestri bo'yicha yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda. “Yakuniy nazorat” jarayonlari qizg‘in davom ettirilib, yakuniylar: test, yozma, va og‘zaki shakllarda olib borilmoqda.

“Yakuniy nazorat” imtihonlari davomida talaba-yoshlar uchun zarur bo‘ladigan navbatdagi eslatma: Talaba taqiqlangan vositalar, misol uchun: telefon, oldindan tayyorlangan ma’lumotlar varaqasidan foydalansa yohud nazoratchilarning ogohlantirishiga qaramasdan imtihon jarayonlarida tartibsizlik keltirib chiqarsa “Yakuniy nazorat”dan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Yakuniy nazorat” imtihonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur jarayonlar universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratga olingan.


Korrupsiyaga qarshi kurashish

“Komplaens-nazorat” tizimini

boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi                                D.Mamatov

Report Page