Y12 Aksiya qoidalari

Y12 Aksiya qoidalari

vivo Uzbekistan
1. Umumiy qoidalar

1.1. Vivo Y12 smartfoni reklama aksiyasining tashkilotchisi (keyingi o'rinlarda "AKSIYA") "BBK Tashkent Co., Limited" MChJ hisoblanadi.

1.2. Aksiyada 18 yoshga to'lgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va O'zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega bo'lgan rezidentlar (keyingi o'rinlar "Ishtirokchilar") ishtirok etishlari mumkin.

1.3. Aksiyada Tashkilotchining xodimlari, Vivo mahsuloti savdo nuqtalaridagi vakillar (sotuvchilar, savdo vakillari (sub-diler, tarqatuvchilar(distribyutorlar) shuningdek ular bilan bog'liq shaxslar va ularning oila a'zolari qatnashishi taqiqlanadi.

1.4. Aksiya 2020-yil 06-iyuldan 2020-yil 26-iyulgacha bo'lgan davrda (keyingi o'rinlarda "Aksiyani o'tkazish davri" deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi va faqat 2020-yil 06-iyuldan 2020-yil 26-iyulgacha O'zbekiston Respublikasi hududida xarid qilingan yangi Vivo brendi ostidagi Y12 smartfonlarga qo'llaniladi. Sovg'alar soni cheklangan. Shu sababli tashkilotchining qarori bilan aksiyani muddatidan oldin to'xtatish huquqiga ega.

2. Ishtirok etish shartlari

Vivo Y12 smartfonini sotib olgan ishtirokchi o’z shaxsiy ma’lumotlarini aksiya o’tkazilayotgan nuqtalarda ro'yxatdan o'tkazgan holatdagina aksiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2.1. bandda ko'rsatilgan yutuqli o'yinda ishtirok etish uchun quyida keltirilgan barcha shartlarni bajarish kerak:

2.1.1. Aksiyani o’tkazish davrida O'zbekiston Respublikasi hududida Vivo Y12 smartfonini harid qilish.

2.1.2. Aksiya doirasida promo nuqtalarda ro'yxatdan o'tish orqali shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga rozilik berish, xususan:

• Xaridorning familiyasi va ismi

• Sana va vaqt

• Xarid qilingan smartfonning modeli

• Aloqaga chiqish mumkin bo’lgan telefon raqami

• Xarid amalga oshirilgan savdo do’konining raqami

• Smartfonning IMEI kodi

• Xaridorning qo’lga kiritgan yutug’i va smartfoni bilan birga tushgan fotosurati

• Telefon va to’ldirilgan kafolat taloni fotosurati

• Smartfon aktivlashtirilgan (ishga tushirilgan) holatda bo’lishi kerak

2.2. Vivo Y12 smartfoni xaridorlari uchun kafolatlangan sovg'a – 32 GB (gigabayt hajmga ega) SD flesh karta sovg'a ta’riqasida beriladi. Arizani topshirishdan bosh tortgan taqdirda, Tashkilotchi G'olibga sovrinni bermaslik huquqiga ega.

2.3. Aksiyaning barcha ishtirokchilari o’z ishtiroklari orqali o'zlari haqida shaxsiy ma'lumotlarini to'plash va qayta ishlashga, fotosuratlar va videotasvirga olishga, shuningdek, foto va video materiallarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilishga rozilik bildiradilar.

2.4. Faqatgina 2 ta Vivo Y12 smartfonini sotib olgan chakana mijozlargina ro'yxatdan o'tishlariga ruhsat beriladi.

2.5. Tashkilotchi ushbu Qoidalarni Ishtirokchini oldindan ogohlantirmasdan bir tomonlama tartibda o'zgartirish huquqiga ega. Ishtirokchi ushbu o'zgarishlarga rozi bo'lmagan holatda Aksiyada qatnashishdan bosh tortishga haqli. Aksiya shartlari o'zgartirilgandan keyin Aksiyada ishtirok etish davom etilsa u Ishtirokchining roziligi sifatida qabul qilinadi.

2.6. To'liq ma'lumotni savdo nuqtalaridagi maslahatchilardan bilib olish mumkin.

2.7. Sovrinlar qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi, shu bilan birga pul ko’rinishida ham taqdim etilmaydi.

3. Boshqa shartlari

3.1. Makro supermarketi tarmog'iga beriladigan sovg'a sertifikatlarining ko'rinishi va dizayni uning haqiqiy ko’rinishidan farq qilishi mumkin

3.2. Aksiyaning barcha qatnashchilari unda ishtirok etish davrida Aksiya qoidalariga rozi bo'lib, ularga rioya qilishlari va baja- rishlari kerak bo’ladi. Agar Ishtirokchi Aksiya qoidalarini buzsa yoki sovrinni olish uchun firibgarlik va yoki firibgarlik harakatini amalga oshirsa u Makro supermarketi tarmog'iga beriladigan sovg'a sertifikatini olish huquqidan mahrum bo'ladi.

3.3. Aksiyaning natijalari yakuniy hisoblanadi va qayta ko'rib chiqilmaydi

3.4. Tashkilotchi ushbu Qoidalarga Ishtirokchilarni oldindan roziligisiz va xabardor qilmasdan o'zgartirish va to'ldirish kiritishga haqlidir.

3.5. Tashkilotchi uning vakolatiga kirmaydigan holatlar sababli Aksiyaning o’tkazish muddati keyinga qoldirilganligi uchun javobgar bo’lmaydi.

Report Page