#Xushxabar
Joriy yilning 25-27-oktabr kunlari Qozog'iston Respublikasida o'tkazilgan Fanlararo xalqaro ochiq olimpiadada O'zbekiston Respublikasi nomidan Piskent tumanidagi "Nurli kelajak" jamoasining 43 nafar o'quvchilari ishtirok etdi.
500 nafardan ortiq ishtirokchi o'rtasida o'tkazilgan olimpiada juda qizg'in tarzda, koʻtarinki ruhda oʻtdi.
"Nurli kelajak" o'quvchilaridan 35 nafari yuqori ballarni to'plab, Tojikiston Respublikasidagi olimpiadaning keyingi bosqich turiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan 15 nafar o'quvchi maktab ta'tili vaqtida chet elga sayohat qilish huquqini oldi.