Xush kelibsan, o‘lkamga bahor!

Xush kelibsan, o‘lkamga bahor!


Yurtdoshlarimizga, intiq bo’lib kutgan uyg’onish fasli- bahor tarovatini ulashish, insonlarni tarovatli kunlarga yetganligi, yurt tinchligi va osudaligi, musaffo osmonimiz uzra barq urgan quyosh nurlaridan bahra olib, shukronalik hissini tuyish  maqsadida Kasbi tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kasbi tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Xush kelibsan, o‘lkamga bahor!” ko‘rgazmali targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bahor faslini fasllar kelinchagi deyilganligi bejiz emas. Kelinchak bir oilani gullab yashnatsa, bahor fasli esa butun borliqni. Bahor fasli kirib kelishi bilan nafaqat tabiat balki butun borliq, jamiki tirik jon uyg’onadi.  

Insonlar qalbida ajib bir tuyg’u,  jo‘shqinlik mavj uradi. Atrof ta’riflashga til ojiz holatda go‘zallikka burkanadi.

Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi. Qish davomida uyquda bo‘lgan dov-daraxt shoxlarida yaproqlar kurtaklarni yorib, quyosh nurlariga talpinadi.

Tabiat yashillikka burkanadi.Bog‘-rog‘lar gullarga ko‘miladi. Qushlarning sayrashi qalblarga quvonch ulashadi. Dalani sog‘ingan bobodehqonlar ketmonini olib, dalasiga oshiqadi. Kim ko‘chat qadagan, kim yer chopgan, kim daraxt butagan. Boshqasi ariq qazigan. Barcha-barcha tiriklik tashvishlari bilan band bo‘ladi. Yer bag’riga umid bilan urug’ qadaydi.

 


Hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan keng qamrovli targ‘ibot tadbirida bahor shukuhini aks ettiruvchi turli xildagi badiiy obrazli ko‘rinishlar xalqimiz ko‘z o‘ngida namoyon etildi.

 Tadbir ishtirokchilarining chiqishlari, laparlar, bahoriy kuy qo’shiq va raqslar 570 dan ziyod tomoshabinlarga yuqori bayramona kayfiyat uyg’otdi.

 


Yana bahor keldi, yana olamda,

Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot,

Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,

Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!


Bahor ayyomingiz muborak bo'lsin! Aziz yurtdoshlar!!!

Report Page