Xush kelibsan bolajon – salom senga oromgoh!

Xush kelibsan bolajon – salom senga oromgoh!

Termiz shahar xalq ta'limi bo'limi.

Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ko‘pgina umumta’lim maktablari qoshida o'quvchilarni yozgi kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida dam olish oromgohlari tashkil etilgan. Ushbu oromgohlarda bolalarning yaxshi dam olishini, ularning sog'lig'ini yaxshilash va ijodiy rivojlanishini ta'minlaydigan maqbul sharoitlar yaratilgan. Oromgohlarda bolalar intellektual, sport va o'yin mashg'ulotlariga jalb qilingan.

Undan tashqari oromgohlarda chet tili to‘garaklari, musiqa to‘garaklari, texnologiya to‘garaklari tashkil etilib, bolalar shu to‘garaklarda faol shug‘ullanib kelmoqda. Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4, 12, 13, 16 – sonli umumta’lim maktablaridan fotolavhalar.


Report Page