Xujjatlar ro`yxati.

Xujjatlar ro`yxati.


1. Vijdonsiz ijrochilarning yagona reestrida ular to‘g‘risida yozuvning yo‘qligi haqida malumot;

2.Tanlov ishtirokchisining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

3.Tanlov ishtirokchisi qayta tashkil etish, tugatish, bankrotlik holatida emasligini tasdiqlovchi kafolat xati (muhrlangan va imzolangan);

4. Narxlangan tijorat taklifi. (Smeta bilan)

5. Soliqdan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma`lumotnoma.

6. Kartoteka qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi bankdan ma`lumotnoma.

7.Qurilish va ta'mirlash loyihalarida ishlash tajribasi (Oxirgi 3 yildagi ob'ektlar ro'yxati va shartnomalar nusxalari).

8. Tavsiya maktublari (5 ta)

9.Malakali muhandislarning mavjudligi (Diplomlar va mehnat daftarchalarining nusxalarini yoki xodimlarning onlayn ma'lumotlar bazasidan ko'chirmalarni taqdim eting.(ishlab chiqarish muhandisi,usta va boshqalar))

10. Mavjud texnika va bino inshoati to’g’risida malumot.

11. Texnika xavfsizligi bo’yicha mas’ul shaxsni borligi.

XARID HUJJATLARI

“SUVCHILAR MAKTABI” MCHJ Sizni Andijon viloyati Shahrixon tumani "Dehqonbobo" fermer xo'jaligi hududida namunaviy dala maydonlarini tashkil etish bunda, tajriba maydoni hududida dala shiyponi, suv tejovchi texnologiyaning nasos inshooti uchun ayvon qurish va suv saqlash hovuzini qazish hamda yo’laklarni betonlash ob'yekti.

I. TANLOV ISHTIROKCHILARI UCHUN YO'RIQNOMA

§ 1 Umumiy qoidalar

1. Tajriba dala maydonini tashkil qilish ishlari uchun eng yaxshi taklifni tanlash.

2. Tanlovning boshlang'ich (yuqori) qiymati: 264 630 776 so'mni tashkil etadi (QQS bilan).

3. Tanlov uchun asos buyruq hisoblanadi.

5. Xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha texnik topshiriqlar tanlov hujjatlarining texnik qismida keltirilgan.

§ 2 Eng yaxshi takliflarni tanlash tashkilotchisi

1. “Suvchilar maktabi” MCHJ – keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi.

Buyurtmachi Manzili: Toshkent Shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Kattaqorasuv MFY,Qorasu-4 dahasi,11-uy

" Buyurtmachi " tafsilotlari : MFO: 00 394, STIR: 310 551 418, Х/R: 2020 8000 3056 6014 3001 ATB Agro bank Toshkent sh. Filiali

§ 5 Majburiy hujjatlarni taqdim etish

3. Tanlov uchun javobgar: “Suvchilar maktabi” MCHJ xarid komissiyasi

4. Shartnoma egasi: “Suvchilar maktabi” MCHJ

5.Tanlov Buyurtmachi tomonidan tuzilgan, kamida besh kishidan iborat xarid komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

§ 3 Tanlov ishtirokchilari:

Tanlovda qurilish-ta’mirlash ishlari sohasida tajribaga ega va quyidagi mezonlarga javob beradigan xorijiy va mahalliy firma va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin:- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, insoniy va boshqa resurslarning mavjudligi;- shartnoma tuzish vakolati;- soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha qarzlarining yo‘qligi;- ularga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;- vijdonsiz ijrochilarning yagona reestrida ular to‘g‘risida yozuvning yo‘qligi;

Agar yuqoridagi shartlar bajarilmasa, tashkilot tanlovdan chetlashtiriladi.

§ 4 Eng yaxshi taklifni elektron tanlash tili

Taklif va hujjatlar o‘zbek yoki rus tillarida bo‘lishi mumkin.

§ 5 Majburiy hujjatlarni taqdim etish

Tanlov ishtirokchisi tanlov taklifi bilan bir vaqtda tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar quyidagi materiallarni taqdim etishi shart:

- Tanlov ishtirokchisining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

Tanlov ishtirokchisi qayta tashkil etish,tugatish,bankrotlik holatida emasligini tasdiqlovchi kafolat xati(muhrlangan va imzolangan);

- Narxlangan tijorat taklifi.- Soliqdan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma`lumotnoma.

- Kartoteka qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi bankdan ma`lumotnoma

§ 6 Baholash tartibi va mezonlari

Taqdim etilgan ma’lumotlar va mezonlar asosida shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Eng yaxshi taklifni tanlashda ishtirokchi xarid hujjatlari qoidalariga tushuntirish olish huquqiga ega.Tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan yoki hech kim qatnashmagan bo'lsa, tanlov haqiqiy emas deb topilishi mumkin.G'olib aniqlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yozma xabar yuboriladi va g'olib e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida shartnoma tuzilishi kerak.

§ 7 Umumiy shartlar

1.Tanlov taklifida ko'rsatilgan narxlar boshlang'ich(chegara)qiymatidan oshmasligi kerak va keyinchalik o'zgartirilishi mumkin emas.

2. Ishtirokchi tanlov taklifida QQSni hisobga olgan holda ham, QQSsiz ham narxlarni ko'rsatishi shart.

3. Moliyalashtirish manbai - O'z mablag'lari

4.Moliyalashtirish shartlari–30% oldindan toʻlov, 65% bajarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va hisob-faktura imzolangandan soʻng, 5% kafolat muddati tugagandan soʻng toʻlanadi.

5. To‘lov valyutasi – O‘zbekiston Respublikasining so‘m valyutasi (so‘m)6. Tanlov taklifining amal qilish muddati 5 kun7. Lotlar soni - 1 ta


Report Page