Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishgan II Respublika insholar tanlovi yo‘riqnomasi

Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishgan II Respublika insholar tanlovi yo‘riqnomasi

"Kamalak" bolalar tashkiloti


Hurmatli ishtirokchi!

Dastlab, inshoni ona tili daftariga yozasiz. Birinchi muqovada viloyatingiz, tuman yoki shahringiz, maktabingiz, sinfingiz va F.I.SHingiz hamda bog'lanishimiz uchun telefon raqamingiz bo'lishi kerak. Keyin inshoni tartib bilan skaner qilgan tarzda pdf holatiga keltirib, ushbu @insholarbot 👈 orqali bizga yo'llaysiz. 

❗️ Inshoga o'zingiz mavzu tanlaysiz. Mavzu O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev bilan aloqador bo'lishi shart. 

☝️ Tanlov ikki yosh toifasi doirasida o‘tkaziladi:

• 10-14 yosh;

• 15-18 yosh.

Tanlov g‘liblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

🥇Sardorlar Anjumani(oromgoh)ga yo‘llanma va fleshka(128gb);

🥈Power bank(20 000mah) va 10 ta kitob;

🥉Termos va 5 ta kitob.

Siz yozgan insho quyidagicha baholanadi:

a)  Insho mavzusi doirasida rejalarning to‘g‘ri tanlangani va imloviy, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilmagani bo‘yicha — 20 ball;

b)  Inshodagi fikrlar asosan ishtirokchining shaxsiy fikrlari bo‘lishi va badiiy jihatdan saviyali tarzda yozilgani bo‘yicha — 20 ball;

c)  Ishtirokchi o‘qigan kitobi bo‘yicha inshoda batafsil o‘z mulohazalarini ilgari sura olganligi, qahramonlarga to‘g‘ri baho berganligi va asar g‘oyasini to‘la anglagan holda tasvirlagani bo‘yicha — 40 ball;

d)  Insho bexato yozilgani bo‘yicha — 10 ball;

e)  Inshoda Xudoyberdi To‘xtaboyev siymosi munosib e’tirof etilgani bo‘yicha — 10 ball. 

Eslatib o‘tamiz, ishtirokchilar maksimal 100 ball to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Tanlov yakunlanganidan so‘ng g'oliblarni rasmiy sahifalarimizda e'lon qilamiz!

Report Page