“Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari bilimdoni” nomli insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom

“Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari bilimdoni” nomli insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom

Admin

Ushbu nizom yosh avlod o‘rtasida kitob va kitobxonlikga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari bilimdoni” insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1. Umumiy qoidalar:

- ko‘rik tanlov Toshkent shahar umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

2. Ko‘rik tanlovning maqsad va vazifalari:

- o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ijodiiy fikrlashga bo‘lgan qobilyatini va salohiyatni oshirish, o‘zbek adiblari ijodi bilan yaqindan tanishtirib o‘quvchilar o‘rtasida asar qahramonlaridagi ijobiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirishga ko‘maklashish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab quvvatlash.

3. Tanlov shartlari va o‘tkazish tartibi:

- tanlovda qatnashish uchun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga a’zo bo‘lish talab etiladi;

- tanlov 2023-yil 30-dekabrdan 2024-yilning 10-yanvarga qadar o‘tkaziladi;

- tanlovda ishtirokchilar faqat bitta ijodiy ish bilan (Insho) qatnashishlari mumkin;

- mazkur tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan sanadan kechiktirmasdan o‘z inshonlaringizni @TSHBBoburmirzo - 5-7-sinflar (admin) va @TSHBMuzaffar - 8-11-sinflar (admin) telegram orqali ushbu manzilga yuborishingiz so‘raladi. Qabul qilingan har bir ijodiy ish rasmiy saytimizda e’lon qilib boriladi;

- belgilangan muddatdan keyin yuborilgan insholar tanlov uchun qabul qilinmaydi.

4. Baholash mezonlari va g‘oliblarni taqdirlash:

- taqdim etilgan ishlarni va tanlov natijalarini aniqlash uchun hakamlar hay’ati shakllantiriladi;

- tanlov hay’ati taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladi va mualliflarning ijodiy ishlarini baholaydi.

5. Baholashda quyidagilarga e’tibor beriladi:

- Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarini bir nechtasini o‘qish orqali ulardagi g‘oyani umumlashgan xulosasini bayon etish;

- inshoning mazmuniga mos aniqlik va ravon tilda bayon etilishi;

- fikrlashdagi kreativ yondashuv, ya’ni o‘quvchilarning inshoni noodatiy bayon qilish mahorati;

- ijodiy ishlar imkon qadar imlo xatolarsiz yozilishi;

- taqdim etilgan materiallar tanlovning nizomida ko‘rsatilgan qoidalarga mos kelishi talab etiladi.

6. Tanlov yakuniga ko‘ra o‘rinlar: 

- 1-o‘rin 1 ta telefon;

- 2-o‘rin 1 ta bluetoothli quloqchin;

- 3-o‘rin 1 ta aqlli soat. 

7. Tanlov shartlari va uni o‘tkazish jarayonlari Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. 

8. G‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘quv yilining oxirida tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi.

Report Page