"Xotira yo'lagi" ko'rgazmasi

"Xotira yo'lagi" ko'rgazmasi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Tashkilotchilar: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi.

Sana: 2024-yil 18-yanvar.

Vaqt: 17:00 - 19:00.

Joy: O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi (lokatsiya).

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida tashkil etilgan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi O‘zbekiston tarixining jadidchilik bilan bog‘liq sahifalarini o‘rganishga xizmat qiladi. Ko‘rgazma 2023-yil 11-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya doirasida tashkil etilgan bo‘lib, endilikda keng jamoatchilikka o‘z eshiklarini ochadi.

Ko‘rgazma XIX asr oxiri hamda XX asr boshlaridagi Turkiston tarixi, xususan, jadid ma’rifatparlarining ta’lim islohoti, ularning jamiyat taraqqiyoti borasidagi fikrlari va huquqiy demokratik davlat qurishga urinishlariga oid materiallar bilan tanishish imkonini beradi.

17:00 – 17:30 – Ko‘rgazmaning ochilish marosimi. Kirish so‘zlari:

  • Kamola Akilova, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi direktori, san’atshunoslik fanlari doktori.
  • Azamat Ziyo, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik.
  • Baxtiyor Hasanov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor.
  • Akramjon Fozilov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori.

17:30 – 18:30 – Ko‘rgazma bilan tanishish.

Report Page