Xotira va madaniyat

Xotira va madaniyat


May oyida "International House Tashkent" akademik litseyida bir qator madaniy tadbirlar bo'lib o'tdi. Ularning har biri, xoh tadbir, xoh ekskursiya, xoh uchrashuv bo'lsin, barchasi ulug' bayram 9 — may kuniga bag'ishlandi.

5 may kuni akademik litsey pedagogik jamoasi yurtimizning tarixiy shaharlaridan biri bo'lgan Samarqand shahriga tashrif buyurishdi va buyuk ajdodlarimizni ziyorat etishdi.

Yangi hafta bizning milliy merosimiz bilan uchrashish vaqti bo'ldi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi qatag'on qurbonlari muzeyi va mudofaa vazirligi huzuridagi muzeyga sayohatlar uyushtirdi, u yerda akademik litsey o'quvchilari tarixning achchiq sahifalari erkinlik va adolat uchun kurashish qanchalik muhimligini va Vatanimiz bilan bog'liq bo'lgan yangi tarixiy ma'lumotlarni bilib olishdi.

Shu kabi tadbirlarning tashkil etilishi akademik litsey o'quvchilarining Vatanga bo'lgan mehri, uning tarixi va o'tmishi haqidagi tasavvurini yanada oshiradi.

Report Page