"Xotira uyg'onsa go'zaldir-Vatan"!

"Xotira uyg'onsa go'zaldir-Vatan"!

Tarix va madaniy meros fakulteti tyutorlari

Tarix va madaniy meros fakulteti 5-1 IJI 21 guruh talabalari va tyutori N.M.Aslonova tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira uyg'onsa go'zaldir-Vatan" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Tarix kafedrasi o'qituvchilari, fakultet tyutorlari va fakultet muzey xodimlari ham ishtirok etdilar

Tadbirni Tarix fanlar kafedrasi o'qituvchisi Rahmonov Kamol Jamolovich kirish so'zi bilan ochib berdi. 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami bilan tabriklab, Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi deb fikrlarini bildirib, talaba yoshlarga va tadbirni tashkil etgan tyutor N.Aslonovaga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.



Iqtidorli talabalar tomonidan "Katyusha" qo'shig'i jonli ijro etildi. Urush davrdagi ma'lumotlar, xotiraga bag'ishlangan she'rlar aytildi. Urushning ayanchli voqelari haqida ham ma'lumotlar aytildi.



Tadbirda talabalar tonidan sahnalashtirilgan "Ilhaq" filmidan lahva ijro etildi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, qolaversa, bu bugun tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi

Tadbir so'ngida talabalar tomonidan vatanni madh etuvchi "Vatan bayrog'i" qoshig'i ijro etildi


Tarix va madaniy meros fakulteti tyutori: T.M.Aslonova

Report Page