"Xotira muqaddas-inson qadri azizdir"
Tarix va madaniy meros fakulteti tyutorlariTarix va madaniy meros fakulteti talabalari va tyutorlari T.M.Aslonova va N.M.Aslonovalar tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ" shiori ostida o'tganlar xotirasi yod etildi
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi.
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, qolaversa, bu bugun tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi.
Xalqimizga xos bo'lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari “Xotira va qadrlash kuni” misolida ham yorqin namoyon bo'ladi.
Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e'zozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida gap ketsa, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash, ko'makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo'yish qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o'tganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlarning duosini olmoqlik saodati o'zgacha.
Xotira shunday ruhiy-ma'naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o'tmish va istiqbol bilan bog'lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan kishilarni eslashdir. U olamdan o'tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo'lganlar xotirasini hurmatlash hamdir.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo'ladi. Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo'lgan kishilar tobora kamayib bormoqda.
Yoshlikning navqiron chog'larini urush olovlarida, janggohlarda o'tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir.
Shu o'rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni yurtparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an'analaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar bo'lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.
Tarix va madaniy meros fakulteti tyotori: T.M.Aslonova