Xotira muqaddas -inson qadri aziz

Xotira muqaddas -inson qadri aziz

Filologiya fakulteti tyutori: Sharopov Jamshid Dilmurodovich

Ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira-muqaddas va aziz tuygu. Filologiya fakulteti tyutorlari J.D.Sharopov, M. M.Hojimurotova, Sh.N.Oripovalar hamda 6.4 uzb 21 guruh talabalari Xotira maydoniga tashrif buyurib, "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o'tgan bobokalonlarimizni,ajdodlarimizni yodga olib ularni eslash,ular haqiga duo qilishdir.

Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi.

Tyutor: J.D.Sharopov



Report Page