Xotira bor ekan – millat barhayot.

Xotira bor ekan – millat barhayot.

Мурадова Мавжуда Раджабовна

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakul'teti tyutorlari M.Muradova va F.Olimovalar tomonidan psixologiya kafedrasi faol talabalari tomonidan yaqinlashib kelayotgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro shahrida istiqomad qiluvchi 100 yoshga kirgan , 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashuvchisi va faxriysi Gulov Nuyoz bobo xonadonlariga tashrif buyurishdi. Niyoz bobo urush xotiralarini eslab talabalar bilan suxbat olib bordilar hamda yoshlarimizni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, tinchligimizni asrab avaylash, bugungi kundagi davlatimiz berayotgan ulkan imkoniyatlarning qadriga yetish, tinchlik degan muqaddas tushunchaning naqadar ulug‘ligi tòģrisida talabalar bilan suxbatlashdilar.

Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar , Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimiz oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.

  Talabalar tomonidan estalik sovg‘asi taqdim etildi. Yoshlar uchrashuvdan ulkan taassurotlar bilan qaytishdi.



Report Page