“Xotira abadiy – qadr muqaddas”

 “Xotira abadiy – qadr muqaddas”

Axborot texnologiyalari fakulteti matbuot xizmati.

04.05.2021 sanada Buxoro davlat universiteti bosh yig`ingohida Axborot texnologiyalari fakulteti professor-o‘qituvchilar hamda fakultet talabalari o‘rtasida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Xotira abadiy – qadr muqaddas” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazidi.

So`zga chiqgan fakultet dekani H.I. Eshankulov va yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari J.J. Atamuradovlar ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. O’zbek xalqi vatani, xalqining farovonligi, tinchligi yo‘lida jonini fido etgan farzandlarini hech qachon unutgan emas. Islom dini inson naslini mukarram sanaydi, Allohning maxluqotlari ichidagi eng azizi va ehtiromga munosibi deb baholaydi. Inson aziz va mukarram ekan, uning yoshi ham, qarisi ham, ayoli ham, erkagi ham barobar qadr-qimmatga egadir. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Insoniyat Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, o‘sha ayovsiz jangu-jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi deb ta`kidlab o`tdilar.

Tadbir oxirida ma`rifat soatida o`z she`rlari bilan ishtirok etgan talaba yoshlar alohida tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.


Axborot texnologiyalari fakulteti matbuot xizmati.

Report Page