Xotira - muqaddas tuyg‘u va avlodlar umri davomiyligidir....

Xotira - muqaddas tuyg‘u va avlodlar umri davomiyligidir....



Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakul'teti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Quliev Yorqin Karimovich va 4-3 Psi-19 guruxi faol talabalari tomonidan yaqinlashib kelayotgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan yoshlarimizga vatanparvarlik, yurtga sadoqat, tinchligimizni asrab avaylash, bugungi kundagi davlatimiz berayotgan ulkan imkoniyatlarning qadriga yetish, tinchlik degan muqaddas tushunchaning naqadar ulug‘ligini ular qalbiga singdirish maqsadida joriy yil 5 may kuni Buxoro shahar Shirbudin ko‘chasida yashovchi 1941-1945 yillarda Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan hamda fashistlarning konslagerlarida (getto va boshqa majburiy saqlash joylarida)bo‘lgan Front orti qaxramoni Resutova Rayde xonadoniga borib uning holidan xabar olindi. Turmush o‘rtog‘i Abitaryov Amed urush xotiralarini eslashib talabalar bilan suxbatlashdilar.

Buvijon bilan otaxon urush yillardagi zulmatli kunlar, uning fuqarolarimiz, butun jahonga yetkazgan salbiy ta'sirlari va hozirgi Mustaqilligimiz munosabati bilan davlatimizda bo‘layotgan rivojlanish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi.

   Qaxramonlarimiz Resutova Rayde va Abitaryov Amed Mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi, yurtimiz yanada rivojlanishi uchun duo qildi. Talabalar tomonidan estalik sovg‘asi taqdim etildi. Yoshlar uchrashuvdan ulkan taassurotlar bilan qaytishdi.


Report Page