Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan umummilliy imtihon shartlari

Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan umummilliy imtihon shartlari

@huquqiyaxborot_lotin

Imtihon quyidagi 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich – test sinovi. 1 mart kuni soat 09.00 dan 13.00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Buning uchun har bir ishtirokchi 8-mart.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. 

Ro‘yxatdan o‘tish 15 fevraldan 28 fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Test sinovi 20 ta savol va 1 ta ijodiy savoldan iborat.

Test savollarining barchasiga eng tez va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarning 50 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi.

Baholash natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi navbatdagi bosqichga o‘tadi.

2-bosqich – suhbat. 4 mart kuni soat 10:00 da tashkil etiladi.

Bunda har bir ishtirokchiga qonunchilik hujjatlari bo‘yicha savollar beriladi.

Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

Munosib nomzodlar bo‘lmagan taqdirda hakamlar hayʼatining qarori bilan g‘oliblar aniqlanmasligi mumkin.

Mazkur bosqich onlayn translatsiya qilinadi.

Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo‘lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing va sovrinlarni qo‘lga kiriting!


Report Page