Xotin-qizlar o`rtasida "Kitobxonlik madaniyati".

Xotin-qizlar o`rtasida "Kitobxonlik madaniyati".



Buxoro shahar “Yangiobod” MFY xotin-qizlar faoli hamda 41-umumta'lim maktabi hamkorlikda Kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida hududidagi xotin-qizlar kitob mutolaasiga jalb etildi. Tadbirda “Yangiobod” MFY xotin-qizlar faoli M.Nigmatova, maktab o`qituvchilari va mahalla xotin-qizlari faol qatnashishdi.

Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.

Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishi, 2017 yil 13 sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi va 2018 yil 12 maydagi "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo'lgan munosabatning ijobiy tomonga o'zgarishiga zamin yaratdi.

Mahallada xotin-qizlar o`rtasida bunday tadbirlar davom etmoqda.

Buxoro shahar “Yangiobod” MFY xotin-qizlar faoli Madinabonu Nigmatova







Report Page