Xorijiy imtihonlar

Xorijiy imtihonlar


O‘zbekiston yoshlari forumida davlatimiz rahbari tomonidan xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish taklifini ilgari surgan edilar.


2021-yil 1-maydan boshlab Yoshlar ishlari agentligi    5 turdagi IELTS, TOEFL, GRE, GMAT, SAT imtihonlaridan bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish uchun arizalar qabul qilishni boshlandi. 


Yoshlar imtihon xarajatlarini qoplab berish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilgan so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiya xamda maxsus sertifikatni ilova qilib jo‘natadi. 


Davlat xizmatini ko‘rsatish elektron shaklda bepul amalga oshiriladi

Kompensasiya mablag‘larini so‘rovnomada ko‘rsatilgan Xalq banki filiali orqali naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin. 


Eslatma: Qaror kuchga kirgandan ya’ni 2021 yil 13 aprel sanasidan so‘ng yuqori ball (natija) qayd etgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Yuqoridagi sanadan oldin qayd etilgan natijalarga ushbu imtiyoz tatbiq etilmaydi.

Report Page