Xorazmdagi bog‘chada ota-onalardan suv uchun pul yig‘ilgani aytildi

Xorazmdagi bog‘chada ota-onalardan suv uchun pul yig‘ilgani aytildi



Xorazm viloyatida joylashgan bog‘chalarning birida ota-onalardan suv ta’minoti uchun pul yig‘ilgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.


Unga ko‘ra, 28-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi maktabgacha taʼlim muassasalaridan birida suv taʼminoti uchun bolalarning ota-onalaridan 25 ming so‘mdan pul talab qilinayotgani aytilgan videolavha tarqalgan. Mazkur videolavhada tarbiyalanuvchining onasi va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi o‘rtasidagi o‘zaro suhbat aks etgan. 

Qayd etilishicha, videoda maktabgacha taʼlim tashkiloti manzili mavhum bo‘lgani bois holatni o‘rganish va tahlil qilish imkoni bo‘lmadi. Mazkur videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylagan bloger bilan suhbatlashilganda mazkur video unga shaxsi nomaʼlum bo‘lgan akkauntdan kelib tushganini va o‘zi ham aniq maʼlumotga ega emasligini bildirdi.




Report Page