Xorazm viloyati Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 10-11- sinf o'qubchilari “Yaqubov Umidbek medservis” MChJga qarashli “Toshkent Shifo” xususiy klinikasiga tashrif buyurishdi.

Xorazm viloyati Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 10-11- sinf o'qubchilari “Yaqubov Umidbek medservis” MChJga qarashli “Toshkent Shifo” xususiy klinikasiga tashrif buyurishdi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi 106-sonli Farmoniga muvofiq o'quvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda, asosiy o'quv dasturlari bilan birgalikda sinfdan tashqari kasbga yo'naltirilgan amaliy mashg'ulotlar o'tkazilishini yo'lga qo'yish, 10-11 sinf o'quvchilarini yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarida amaliy mashg'ulotlar o'tkazish tartibi belgilangan.

2022-yil 18-oktyabrda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va  “Yaqubov Umidbek medservis” MChJga qarashli “Toshkent Shifo” xususiy klinikasi o‘rtasidagi tuzilgan hamkorlik memorandumi imzolangan hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Belgilangan chora tadbirlar rejasiga muvofiq 2022-yilning 25 oktyabr kuni Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi O'. Jabborov rahbarligida ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari kasbga yo‘naltirish doirasida “Yaqubov Umidbek medservis” MChJga qarashli “Toshkent Shifo” xususiy klinikasida amaliyot o'tashdi.

Klinika shifokorlari oftalmolog A. Sultonov , lor O. Karimov, terapevt A. Bobojonov, okulist H. Qoʻchqorov, Uzi mutaxassisi Sh. Atamurotova, laborant E. Madraximovlar oʻquvchilarga shifokorlik sir asrorlari va jamiyatdagi oʻrni toʻgʻrisida gapirib berdilar va oʻquvchilar savollariga javob berdilar. Tashrif samarasi sifatida oʻquvchilarning shifokorlik kasbiga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi. 


2022-yil 07-dekabrda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va  "AGROBANK" ATB Xonqa filiali o‘rtasidagi tuzilgan hamkorlik memorandumi imzolangan hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Belgilangan chora tadbirlar rejasiga muvofiq 2022-yilning 14 dekabr kuni Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi O'. Jabborov rahbarligida ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari kasbga yo‘naltirish doirasida "AGROBANK" ATB Xonqa filialida amaliyot o'tashdi.



Bank xodimi Rahmonova Farangiz oʻquvchilarni bank faoliyati bilan tanishtirdi. Tashrif yakunida muassasa rahbari Rajabov Otabek oʻquvchilar bilan uchrashib ularga bank ishi sir-asrorlari va jamiyatdagi oʻrni toʻgʻrisida gapirib berdi va oʻquvchilarga bank xodimi kasbini egallashlarida muhim tavsiyalar berdi. O. Rajabov oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

2023-yil 28-martda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va  Quyi Amudaryo davlat biosfera Rezervati o‘rtasidagi tuzilgan hamkorlik memorandumi imzolangan hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Belgilangan chora tadbirlar rejasiga muvofiq 2023-yilning 28 aprel kuni Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi O'. Jabborov biologiya fani o'qituvchilari M. Bekchonova, D. Sabirova rahbarligida ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari  rezervat flora va faunasi bilan yaqindan bevosita tabiat qo'ynida tanishishish maqsadida rezervatga tashrif buyurishdi.

 Rezervat ekologik ta'lim va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi bosh mutaxassisi Kamalov Baxt o'quvchilarni rezervat muzeyi va qo'riqxona faoliyati bilan tanishtirdi.    Rezervatda o'quvchilar o'simliklardan namunalar to'plab gerbariylar tayyorladilar. 


Bizni telegrammda kuzatib boring:

https://t.me/SSinKhanka


Report Page