Xonadonda “qimor va bangixona” tashkil qilgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi

Xonadonda “qimor va bangixona” tashkil qilgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi

IIBB Axborot xizmati

Xabar berilganidek, Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, hamkor tashkilotlar bilan “Zarbdor” maxsus profilaktika oyligi oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Jumladan, 22-noyabr kuni soat 01:30larda Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Obihayot” MFYda yashovchi 45 yoshli fuqaro Q.I. vaqtincha yashayotgan xonadonida, bir nechta (30-45 yosh orqasidagi 6 nafar) fuqaroga pul evaziga tavakkalchilikka asoslangan “qimor” oʻyini oʻynash hamda giyohvandlik moddalari isteʼmol qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Voqea joyidan xolislar ishtirokida 108 dona oʻyin kartalari, narda va toshlari, 1 mln 548 ming soʻm pul va 5 ta qogʻoz oʻramida “marixuana” giyohvandlik moddasi va uni isteʼmol qilish uchun moʻljallangan uskuna daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page