Xolid Husayniy kitoblari
Book.uzXolid Husayniy 1965 yilda Qobulda afg‘on diplomati oilasida tug‘ilgan. 1980 yilda uning oilasi AQShga ko‘chadi. Shu yerda u tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi. Uning ilk romani «Shamol ortidan yugurib» AQShda yangi asrning bestseller asariga aylanadi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida 10 million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida Gollivud kinoijodkorlari film ham suratga olishgan.
📕 "Shamol ortidan yugurib"

Nashriyot: YANGI ASR AVLODI
Nashr yili: 2017
Betlar soni: 208
ISBN: 978-9943-27-679-6
Narxi: 11000 so'm
🚚 Yetkazib berish BEPUL
Sotib olish uchun ushbu havolani bosing
📕 "Tog'lar ham sado berdi"
“Tog‘lar ham sado berdi”. Asarni o‘qish davomida afg‘on diyori haqidagi tasavvuringiz yanada boyiydi. Endigi voqealar nafaqat qahramonlar tug‘ilib-o‘sgan makonda, balki Qobul, Parij, Kaliforniya va yunon orollarida yuz beradi.
Xolid Husayniyning navbatdagi ijod mahsuli ham afg‘on xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Unda Vatanini tark etishga majbur bo‘lgan millat vakillarining qismati chizgilanadi. Muallif voqelikni real tasvirlashga uringan.
Roman Saburning farzandlariga ertak aytayotgani bilan boshlanadi. Unda o‘g‘li to‘kis hayot kechirishi uchun dev bilan yashashga ko‘ngan ota haqida hikoya qilinadi. Shu orqali Sabur dilbandlarini yuz berishi kutilayotgan voqeaga ruhan tayyorlardi.
Kambag‘al ota ikki norasidasini boqish uchun uchinchisini Qobulda yashovchi boy oilaga sotadi. Judolikka duchor bo‘lgan jon-jigarlarning keyingi taqdiriga to‘xtalishdan avval yozuvchi boshqa qahramonlarning ham umr yo‘lini tasvirlaydi. Aslida ular Abdulla va Pariga juda yaqin obrazlar ekaniga asarni o‘qish jarayonida amin bo‘lasiz. Ko‘z oldingizda turfa taqdirlarni birlashtiruvchi ulkan to‘rtburchak paydo bo‘ladi. Parini sotib olgan shoira Nila Vahdati, unga qiyo ham boqmagan o‘gay onasi Parvona, Afg‘onistondan qochib, Amerikada yashashga majbur bo‘lgan ikki inson hayoti bilan ham tanishasiz.
Diqqatni tortuvchi obrazlardan yana biri Parining o‘ziga to‘q odamlar qo‘liga tushishiga sababchi bo‘lgan o‘gay tog‘asi Nabidir. Shu asnoda u ham kuyovi, ham do‘sti bo‘lgan Saburga yordam beradi.
O‘quvchi yana bir haqiqat bilan yuzlashadi: bir davlatmand oila farzandi otasi yaxshi inson emasligini bilib qoladi, ichida isyon ko‘tariladi…
Voqealar chigallashib borgan sari xayolingizda faqat bir savol aylanadi: sotib yuborilgan singil akasi bilan diydorlasharmikan? Muallifning javobi quyidagicha: “Tog‘lar ham sado berdi!”

Nashriyot: YANGI ASR AVLODI
Nashr yili: 2017
Betlar soni: 240
ISBN: 978-9943-27-759-5
Narxi: 11000 so'm
🚚 Yetkazib berish BEPUL
Sotib olish uchun ushbu havolani bosing
📕 "Ming quyosh shu'lasi"
Yozuvchining juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan asari yaqin o‘tmishda, bizdan atigi bir necha yuz chaqirim yiroqda yuz bergan haqqoniy voqealar tilga olingan. Asar qahramonlarining fojiaviy qismati bilan tanisharkansiz, ularga nisbatan hamdardlik hissini tuyish barobarida tinchlik, osoyishtalik, farovonlik singari ne’matlarning qanchalik bebaho ekanini anglab yetasiz. Qalbingizda biz yashayotgan zamon va makon uchun behad shukronalik jo‘sh uradi.

Nashriyot: YANGI ASR AVLODI
Nashr yili: 2017
Betlar soni: 288
ISBN: 978-9943-27-248-4
Narxi: 11000 so'm
🚚 Yetkazib berish BEPUL
Sotib olish uchun ushbu havolani bosing