Xo‘ja Alambardor maqbarasi

Xo‘ja Alambardor maqbarasi



Toshkentning Beshyog‘och dahasidagi Xo‘ja Alambardor maqbarasi XIX-asrda Qaffol Shoshiyning mulozimi, alambardor (bayroqdor) nomi bilan mashhur bo‘lgan Xo‘ja Alambardor sharafiga qurilgan meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Manbalarda uning asl ismi Abdulaziz bob va Sayid Abdulaziz deb tilga olingan. 

  U Toshkent vohasi va unga qo‘shni hududlarda islom dini uchun kurash olib borgan Xalifa Ali (r.a.) farzandi Muhammad Hanafiya avlodlaridan bo‘lgan Isʼhoq bob qo‘shinida bayroqdor bo‘lgani aytiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, Isʼhoq bob 776 yilda Sayramga kirib kelgan. 

Xo‘ja Alambardor maqbarasi uzoq o‘tmishi va qiziqarli tarixi bilan ko‘pchilikning eʼtiborini tortib kelgan. Maqbara hududida Kamolon qabristoni (o‘zi joylashgan hududga berilgan nom), chillaxona (yer ostida, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli, zinapoya orqali tushiladi). 

Chillaxona hozirgacha saqlanib qolgan. Maqbara qabristonning markazida joylashgan, peshtoq gumbazli bir xonali inshootdan iborat.



Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi Matbuot xizmati




Report Page