Xodimlarni masofadan turib ish rejimiga o'tkazish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar munosabati bilan moliya vazirligi faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida

Xodimlarni masofadan turib ish rejimiga o'tkazish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar munosabati bilan moliya vazirligi faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida

EconomyPress

Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan rejimning joriy etilishi, shuningdek, davlat xizmatchilarining sog'lig'ini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasining bosh davlat idoralarida xodimlarning sog'lig'ini saqlash bo'yicha chora-tadbirlar ko'rildi va ba'zi xodimlar masofaviy ishlash tizimiga o'tkazildi. Shu munosabat bilan, favqulotda sanitar-epidemiologik holat tugagunga qadar, Moliya vazirligi ish faoliyati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

·     Moliya vazirligining 43% dan ortiq xodimlariga yillik ta'til berildi, ularning 3% dan ko'prog'i maktabgacha yoshdagi bolalari bo'lgan ayollar va 7% masofadan turib ishlamoqda (onlayn rejimida).

·     Budjet tashkilotlari, budjet mablag' oluvchilari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o'z ariza va savollarini ariza@mf.uz, info@mf.uz, manzil_mf@exat.uz manzillari yoki @murojaat_mf_bot telegram bot orqali yuborishlari mumkin;

·     Vazirlikning ishonch raqami + 99871-203-00-50 doimiy ravishda ishlaydi.

·     Kadrlar bo'limi bo'sh ish o'rinlari uchun kadrlar tanlashni davom ettiradi. Suhbat masofadan turib amalga oshiriladi. Bo'sh ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotni vazirlik web-saytidagi quyidagi sahifadan https://www.mf.uz/vakansii.html dan olishingiz mumkin.

Belgilangan vaqt cheklovlari O'zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi 2015 yil 26 avgustdagi №-393-sonli Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 176-son qarori va Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarining tegishli tavsiyalariga asosan joriy qilindi.

O'zingizni va yaqinlaringizni asrang, uyda qoling!


Report Page