Xodimlar uchun Qadimiy Buxoro va Samarqandga ziyorat tashkil etildi

Xodimlar uchun Qadimiy Buxoro va Samarqandga ziyorat tashkil etildi


“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali Matbuot xizmati

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali Matbuot xizmati

Ichki turizm yo‘nalishida “Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali xodimlari hamda ularning oila a’zolarini yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar, madaniy meros obidalari va muqaddas qadamjolariga tashrifini tashkil etish orqali ularga boy tariximizga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi tushunchalarini yanada oshirish maqsadida dam olish kunlari jamiyatning bir guruh jamoasi qadimiy va hamisha navqiron Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat qilishdi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sayohatning birinchi kuni jamoa avvalo Hazrati Hizr majmuiga tashrif buyurishib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdi. Birinchi Prezidentimiz haqlariga qur’on tilovat qilindi. 

Shundan so’ng, Samarqand shahrining yuragi bo’lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasa - Ulug’bek madrasasi (1417 – 1420), Sherdor madrasasi (1619 – 1936) va Tillakori madrasasi (1646 – 1660) hamda boshqa tarixiy obidalar tarixi bilan tanishishdi. Bosh maydonda joylashgan ushbu uch madrasa ansambli shahar arxitekturasi va me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan namunadir.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali Matbuot xizmati

Samarqanddan Buxoroga yo’l olgan xodimlarning qo’lida albatta dunyoni lol qoldirgan Samarqand noni bor edi.

Safarning ikkinchi kunida jamiyat xodimlari Buxoro shahrining qadimiy qismidagi diqqatga sazovor joylari, “Ark” qal’asi, “Labi hovuz”, “Minorai Kalon” me’morchilik namunalari, “Mag‘oki-Attor” masjidi, “Ulug‘bek”, “Abdulazizxon”, “Ko‘kaldosh”,“Mir Arab” va Nodir Devonbegi madrasalari va xonaqosi kabi ko‘plab tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.

Bunday sayohatlarning tashkil etilishi qalbda vatanga muhabbat, ajdodlarning merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. 

Tarixiy va madaniy yodgorliklar barcha xodimlarda unutilmas taassurot qoldirdi.


“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali

Matbuot xizmati

Report Page