Pahlavon Mahmud nomidagi II xalqaro bahodirlar oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻldi

Pahlavon Mahmud nomidagi II xalqaro bahodirlar oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻldi


Xiva shahrida xorazmlik yengilmas bahodir va maʼrifatparvar shoir, faylasuf va soʻfiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan II xalqaro bahodirlar oʻyinlari oʻtkazildi.

Musobaqada turli davlatlardan kelgan sportchilar ishtirok etishdi. Ular 2 kun davomida milliy naqshli ustunlarni koʻtarish va ushlab turish, ogʻir toshlarni ustunlarga oʻrnatish, mevalar bilan toʻldirilgan aravani koʻtarish, poyezd lokomotivini 20 metrga tortish va boshqa musobaqalarda asosiy sovrin uchun jami 14 na davlatdan 16 nafar polvonlar kuch sinashdilar.

“Pahlavon Mahmud – Bahodirlar oʻyinlari” II xalqaro turnirida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar bilan tanishing:

1. Rizo Qitosiy (Eron),

2. Rongo Kin (Yangi Zelandiya),

3. Pyotr Martinenko (Rossiya).




Report Page